
Ekshn · Qora fentezi
Insonlarning qoʻrquvi, nafrati va salbiy his-tuygʻularidan tugʻiladigan xavfli mavjudotlar — "Laʼnatlar"ga qarshi faqat maxsus jodugarlar kurasha oladi. Oddiy maktab oʻquvchisi Yuji Itadori doʻstlarini qutqarish maqsadida laʼnatlar qiroli — Ryomen Sukunaning barmogʻini yutib yuboradi. Natijada uning tanasida ikki jon paydo boʻladi. Dunyoning eng kuchli jodugari Satoru Gojo koʻmagida Tokio sehrgarlik texnikumiga qabul qilingan Yujining endi bitta maqsadi bor: Sukunaning qolgan barcha barmoqlarini topib yutish va insoniyatni laʼnatlar balosidan asrash.