
Shonen · EkshnDublyaj: Oʻzbekcha, Inglizcha
Bosh qahramon Sid Kageno oddiy insonlar kabi qahramon yoki yovuz boʻlishni emas, balki sahna ortida turib hamma narsani boshqaradigan "Soyadagi daho" boʻlishni orzu qiladi. Yangi sehr olamida qayta tugʻilgach, u oʻz orzusini roʻyobga chiqarish uchun "Soya Bogʻi" (Shadow Garden) nomli maxfiy tashkilot tuzadi va Diablos kulti haqida toʻqima ertak oʻylab topadi. Eng qizigʻi, Sidning toʻqigan barcha uydirmalari va dushmanlari bu dunyoda haqiqatdan ham mavjud boʻlib chiqadi! Oʻzi buni shunchaki qiziqarli rol deb oʻylagan holda, Sid misli koʻrilmagan kuch va afsonaviy "I am Atomic" hujumi bilan dunyoning haqiqiy soyadagi hukmdoriga aylanadi.