
Shonen · Ekshn
Bosh qahramon — Jiro Azuma. U qadimiy ninja sulolasidan boʻlib, hayvonlar tilini tushunish va ular bilan gaplasha olishdek noodatiy qobiliyatga ega. Kunlarning birida u oʻrmonda yaralangan qora mushukni qutqarib qoladi. Aslida bu oddiy mushuk emas, balki Rago ismli qudratli mononoke (yovuz ruh/demon) boʻlib chiqadi. Jiro xavf ostida qolganida Rago u bilan birlashadi va ular birgalikda mononokelarga qarshi kurashuvchi maxfiy josuslik tashkiloti — «Black Torch» maxsus boʻlinmasiga jalb qilinadi.